Ipak Yo'li Innovatsiyalar Universiteti talabalari, professor-o'qituvchilari hamda xodimlarining salomatligini mustahkamlash, ularga yuqori sifatli birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish markazi.
Universitetimiz tibbiyot punkti zamonaviy tibbiy uskunalar, birinchi yordam vositalari va sifatli dori-darmonlar zaxirasi bilan to'liq jihozlangan. Markaz faoliyati talaba va xodimlarning dars va ish jarayonida xavfsiz hamda sog'lom muhitda bo'lishlarini ta'minlashga qaratilgan.
Har bir murojaat qilgan bemorga individual yondashilib, zarur muolajalar amalga oshiriladi va ma'lumotlar UniPulse elektron tizimiga kiritib boriladi.
To'satdan sog'lig'i yomonlashgan talabalarga joyida birinchi yordam ko'rsatish.
Mavsumiy epidemiyalar, shamollash va infeksiyalarning oldini olish monitoringi.
Xodimlar va talabalarning yillik rejali ko'riklarini tashkil etish va nazorat qilish.
Universitetimiz talaba va professor-o'qituvchilari uchun barcha asosiy tibbiy xizmatlar bepul va qulay tarzda ko'rsatiladi.
Qon bosimi ko'tarilishi, hushdan ketish, turli jarohatlar, kuyish yoki o'tkir allergik holatlarda kechiktirib bo'lmaydigan tezkor tibbiy muolajalar o'tkazish.
Bosh og'rig'i, tana harorati ko'tarilishi, holsizlik va boshqa shikoyatlar bo'yicha shifokor ko'rigi hamda to'g'ri tashxis qo'yish.
Bemor shikoyatiga ko'ra zaruriy og'riq qoldiruvchi, harorat tushiruvchi, spazmolitik va antiseptik dori vositalarini bepul taqdim etish.
Kasallik tufayli dars qoldirilganda elektron tizim orqali rasmiy kasallik varaqasi yuritish va tibbiy tasdiqlovchi ma'lumotnoma berish.
Tibbiyot punkti dars jarayonlari davomida uzluksiz xizmat ko'rsatadi. Dars vaqtida o'zini noxush his qilgan talabalar bemalol murojaat qilishlari mumkin.
Shoshilinch holatlarda shifokorlar chaqiruv bo'yicha auditoriyalar yoki sport zaliga zudlik bilan yetib borishadi.
| Kunlar | Vaqti | Holat |
|---|---|---|
| Dushanba — Juma | 08:30 — 17:30 | Ochiq |
| Shanba | 08:30 — 14:00 | Nav batchi |
| Yakshanba | Dam olish kuni | Yopiq |
| Tushlik tanaffusi | 13:00 — 14:00 | Navbat bilan |